Golden House’ning flagman loyihasiga “O‘z Mahal” turar-joy majmuasi ulushdorlariga kalitlar topshirildi

Category: Yangiliklar

Golden House’ning flagman loyihasiga “O‘z Mahal” turar-joy majmuasi ulushdorlariga kalitlar topshirildi

27-sentabr, shanba kuni “O‘z Mahal” turar joy majmuasining hovlisida yangi xonadon egalariga kalitlar tantanali ravishda topshirildi. Ulushdorlar va ularning oila a’zolari uchun bu kun zamonaviy va shinam makonda yangi hayotning boshlanishiga aylandi.

Kalitlarning topshirilishi majmuaning kelajakdagi hamjamiyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi: qo‘shnilar bir-birlari bilan tanishdilar, taassurotlar va rejalar bilan almashdilar, bolalar esa bir zumda yangi do‘stlar orttirdilar.

Uchrashuv do‘stona va bayramona ruhda o‘tdi. Mehmonlar uchun noz-ne’matlar, musiqiy dastur, bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Xonadon egalari norasmiy muhitda vaqt o‘tkazishdi, bu esa tadbirning oilaviy va iliq ruhini yanada yorqinroq ko‘rsatdi.

O‘z Mahal – yangi turkumning ilk loyihasi

O‘z Mahal turar-joy majmuasi Golden House’ning “O‘z” innovatsion formatidagi birinchi loyihasi bo‘lib, biznes-klass uylari turkumini boshlab berdi. Uning o‘ziga xosligi zamonaviylik va milliylikni o‘zida uyg‘unlashtirganida.

Loyiha Buyuk Britaniya va Turkiya me’morlari ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, mahalliy an’analar va xalqaro tajribani birlashtirish imkonini berdi. Me’moriy konsepsiya an’anaviy o‘zbek mahallalari hamda ishonchlilik va bardavomlik ramzi bo‘lgan qadimiy qo‘rg‘onlar obrazlaridan ilhomlangan. Bu ruh binolarning turli darajadagi ifodali tashqi ko‘rinishlarida ko‘zga tashlanadi.

Ta’kidlash joizki, “O‘z Mahal”ning birinchi bosqichidagi barcha xonadonlar obyekt topshirilishidan oldin sotib bo‘lingan. Bugungi kunda xaridorlar uchun qurilishi jadal davom etayotgan ikkinchi bosqichdagi xonadonlar va tijorat binolari mavjud. Birinchi bosqichning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yangi bosqich ham “Golden House”ning sifat va zamonaviy yondashuvi namunasi bo‘lishini tasdiqlaydi.

O‘z Mahal turar-joy majmuasining ikkinchi bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • zamonaviy xonadon rejalalariga ega baland shiftli xonadonlar;
  • polgacha bo‘lgan derazalar va kenglik hamda erkinlik tuyg‘usini yaratuvchi terrasalar;
  • klinker plitkalari bilan qoplangan fasadlar;
  • yer osti avtoturargohi, bolalar va sport maydonchalariga ega avtomobillarsiz obodonlashtirilgan hudud;
  • zamonaviy uslubdagi bejirim xollar.

Loyiha falsafasi – “Yangi mahalla”: do‘konlar, kafelar, bozorlar va sport zonalari yaqin masofada joylashgan bo‘lib, to‘laqonli shahar makonini tashkil etadi.

Energiya samaradorligi va ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratilgan. Majmuada quyosh panellari yordamida hovlilar, avtoturargoh va kirish yo‘laklari yoritilmoqda, suv tozalash tizimlari yo‘lga qo‘yilgan.

Golden House nafaqat uylar quradigan, balki yashash uchun qulay muhit yaratadigan kompaniya maqomini tasdiqlashda davom etmoqda. O‘z Mahal biznes-klass loyihalari turkumining davomiga aylandi va oldinda ulushdorlarni yanada qiziqarli va keng ko‘lamli yechimlar kutmoqda.


Turar joy majmualari
Aksiyalar
Yangiliklar
Aloqa

Bizning manzil: Yashnobod tumani, st. Istiqbol 45-1. Infinity savdo ofisi

Moʻljal: Sobiq vino zavodi. "Infinity" turar-joy majmuasi

Ish vaqti Sotuv boʻlimi: Du-Ju: с 9:00 до 18:00 Sh-Ya: Dam olish

Есть жалобы и предложения?

«Golden House Development» MCHJ kompaniyalar guruhi, Golden House © 2022. Saytdagi maʼlumotlar tanishish maqsadida taqdim etilgan. Aniqroq maʼlumotni olish uchun kompaniya menejerlariga murojaat qiling.

    Мы вам позвоним

    Оставьте свой номер, и мы перезвоним вам.

    Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных

    Обращаем ваше внимание, что режим работы отдела продаж с 9:00 до 21:00



    Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

      Хотите мы вам перезвоним?

      Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных



      Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

        Хотите мы вам перезвоним?

        Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных