Bizda Ipoteka
bor
Xosiyat — noyob meʼmoriy loyiha asosida barpo qilingan zamonaviy turar joy majmuasi. “Komfort” toifasidagi majmua 152 ta xonadon va 30 turdagi tarhlarni oʻz ichiga olgan bitta toʻqqiz qavatli binodan tashkil topgan. Majmuaning birinchi qavatida tijoriy maydonlar koʻzda tutilgan boʻlib, ulardan turli xil doʻkonlar va ijtimoiy ahamiyatga ega maskanlar joy oladi.
Majmua eksteryeri uchun nafis barokko uslubi tanlangan — bu jiddiy dekorativlik va salobat aks etgan, oʻziga toʻq va badavlat insonlarning xususiyatini ifoda etuvchi uslubdir. Dekorativ elementlar bilan boyitilgan majmua fasadi binoga oʻziga xoslik bagʻishlaydi. Muhtasham va bejamdor Xosiyat bu hech qachon eskirmaydigan sanʼat asaridir. Aynan shuning uchun ham majmua unda yashovchilaring farovonligi timsoli oʻlaroq aynan “Xosiyat” nomini olgan.
Turar joy majmuasi Yashnobod tumanining Beshariq koʻchasida, Beshariq va Izzat koʻchalari kesishmasi yaqinida joylashgan. Bu shahar markazidan atigi 10 daqiqalik masofa va markazga har qanday transport yordamida muammolarsiz yetib olish mumkin. Piyoda yurish masofasida kundalik ehtiyojlar uchun kerakli boʻlgan barja maksanlar mavjud. Masalan, mahsulotlar, buyum va kiyim-kechaklarning nihoyatda katta assortimentiga ega Aviasozlar (“Kadisheva”) bozori, Makro va Korzinka supermarketlari, banklar, bolalar bogʻchalari va maktablar, restoran va kafelar, sport markazlari, maishiy xizmatlar punktlari va boshqalar.
Shuningdek, xonadon tanlashda hududning xavfsizligi har bir oila uchun muhim hisoblanadi. Yopiq qoʻriqlanadigan hovli hududi videokuzatuv va kirish nazorati tizimi bilan jihozlangan. Bu majmuani hayot uchun, toza havoda sayr qilish va dam olish uchun shinam va xavfsiz makonga aylantiradi.
Kvartirani ta'mirlash
Joylashuv
Xosiyat turar joy majmuasi Yashnobod tumanining Beshariq koʻchasida, Beshariq va Izzat koʻchalari kesishmasi yaqinida joylashgan. Bu shahar markazidan atigi 10 daqiqalik masofa va markazga har qanday transport yordamida muammolarsiz yetib olish mumkin. Shahar markaziga va asosiy transport magistrallariga yaqinlik — majmuaning asosiy afzalliklaridan biri.
Salomatlik
Tibbiyot maskanlari sizga salomatligingizni tiklashga va kasalliklarni oldini olishga yordam beradi. Majmua yaqinida bolalar, tugʻuruq, ginekologiya, kardiologiya, nevrologiya, xirurgiya, travmatologiya va boshqa boʻlimlarga ega I. Irgashev nomidagi 4-shahar klinik shifoxonasi joylashgan.
Taʼlim
Farzandli oilalar uchun barcha kerakli joylar, ayniqsa, bolalar bogʻchasi va maktab yaqin masofada joylashishi nihoyatda muhim. Xosiyat turar joy majmuasidan piyoda yurish masofasida bir nechta bolalar bogʻchalari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari joylashgan. Bir qancha akademik litseylar va kollejlar, shu jumladan, Yashnobod va Xamza temiryoʻl kollejlari ham yaqin atrofda faoliyat yuritadi.
Savdo nuqtalari
Xosiyat majmuasi aholisi osongina xaridlar qilishi mumkin. Atigi 500 metr masofada barchaga “Kadisheva” nomi bilan tanilgan “Aviasozlar dehqon bozori” joylashgan. Piyoda yurib, Korzinka supermarketiga ham yetib olish va u yerda qulay xaridlarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, atrofda koʻplab savdo nuqtalari faoliyat yuritadi: oziq-ovqat doʻkonlaridan tortib avtomarketgacha, dorixonalardan tortib kelin koʻylagi doʻkonlarigacha.
Ovqat va o'yin -kulgi
Majmuadan piyoda yurish masofasida koʻplab kafe va restoranlar ishlaydi. Ularning istalganida Xosiyat aholisi mazali taomlanishlari, nafaqat oʻzbek milliy taomlaridan, balki turli mamlakatlar taomlaridan bahramand boʻlishlari mumkin. Yengil avtomobilda 10–15 daqiqa yurilsa, “Ashxobod” va “Ekopark” bogʻlariga yetib olish va u yerda oilaviy sayrlar uyushtirish mumkin.