Parisien

Bizda Ipoteka
bor
Foiz stavkasi 20%
Har oygi to‘lov 6 300 000 so‘mdan

Kvartirani ta'mirlash

placeholder image
Turar joy majmuasi haqida savol bermoqchimisiz

    Мы вам позвоним

    Оставьте свой номер, и мы перезвоним вам.

    Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных

    Обращаем ваше внимание, что режим работы отдела продаж с 9:00 до 21:00



    JOYLASHUV

    Joylashuv. “Parisien” fransuz kvartali Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʻchasida joylashgan. Majmuaning qulay joylashuvi sizga shinam shahar hayotining barcha afzalliklaridan bahramand boʻlish imkoniyatini beradi. Majmua yaqinidagi yirik magistral esa poytaxtning istalgan nuqtasigacha tezda yetib olishga imkon yaratadi.

    Жилой комплекс Paisien | Новостройки в Ташкенте

    SALOMATLIK

    Salomatlik. “Parisien” TMdan uzoq boʻlmagan hududda koʻplab xususiy va davlatga tegishli tibbiy klinikalar, sogʻlomlashtirish markazlari, sport va fitnes-klublar joylashgan. Yakkasaroy tumanining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi, “Сhildent” stomatologiya klinikasi, “MedLine” klinikasi, Vobkent markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi, Emlash markazi va boshqalar. Turarjoy binosining tagida esa “Savii” dorixonasi joylashgan.

    Жилой комплекс Paisien | Новостройки в Ташкенте

    TA'LIM

    Taʼlim. Bolalarning taʼlim olishi masalasi ota-onalar uchun muhim ekanligini bilamiz. Majmua yaqinida davlatga tegishli va xususiy bogʻchalar: №150, 155, “Baby boom”, “Tabassum”, “Erkatoy-Kichkintoy” va boshqalar bor. Bundan tashqari, hudud atrofida №173, 144, 89 va 26-sonli davlat maktablari joylashgan. Bolaning taʼlim olishida oʻquv markazlari ham muhim ahamiyatga ega: “Inspiring Education”, “Korway”, “Registon”, “Ccn Uzbekistan” va “Lions”.

    Жилой комплекс Parisien

    SAVDO NUQTALARI

    Savdo nuqtalari. Taʼkidlash kerakki, “Parisien” TMda istalgan did va hamyon sohibiga mos keluvchi koʻplab doʻkonlar va butiklar, “Makro” supermarketi, “Frunze” va “Next” savdo markazlari – bir soʻz bilan aytganda, odamning ishdan boʻsh vaqtini qulay sharoitda oʻtkazish va zaruriy xaridlarni amalga oshirishga yordam beradigan hamma narsa bor.

    Жилой комплекс Paisien | Новостройки в Ташкенте

    OVQAT VA O'YIN -KULGI

    Oziq-ovqat va oʻyin-kulgi. “Parisien”da oqshom vaqti va yorqin dam olish kunlarini oʻtkazish uchun hammaga joy topiladi. TMdan avtomobil bilan yoʻlga chiqqanda 3 daqiqalik yoʻl uzoqligida shaharliklar orasida mashhur boʻlgan va poytaxt timsollaridan biriga aylangan “Doʻstlik” bogʻi joylashgan. Bobur koʻchasi boʻylab sayr xiyonbonlari – toza havoda sport bilan shugʻullanish va daraxtlar soyasi ostida xotirjam sayr qilish uchun hamma narsa bor. Uydan tashqarida tushlik qilish hamda vaqt oʻtkazish oson va oddiy boʻladi. TM yaqinida har-xil koʻngilochar maskanlar, turli oshxona taomlari taqdim etiladigan restoranlar, kafe hamda qahvaxonalar joylashgan.

    Yaqin atrofdagi joylar

    Savdo markazlari
    “Pushkin davri” xiyoboni
    Bozorlar
    Doʻstlik bogʻi
    Taʼlim muassasalari

    Xonadon xarid qilib olishning 5ta oson yo‘li

    Savdo markazlari

    “NEXT” SMdan doʻkonlar va brendlarning yirik assortimenti, ulkan fudkort va turli hil koʻngilochar maskanlar: jumladan kinoteatr, Muzli yaxmalak va boshqalarni topasiz.

    “Pushkin davri” xiyoboni

    Shota Rustaveli va Bobur koʻchalari chorrahasida “Pushkin davri” bogʻi mavjud. U Oʻzbekiston Yengil sanoat vazirligi binosi (sobiq Teatr maydoni) qarshisida joylashgan. Ushbu maydonda ulugʻ shoir haykali paydo boʻlgandan keyin uning atrofida “Pushkin davri” xiyoboni barpo etilgan. Hudud XVIII asr uslubida bezatilgan. Fonuslar, oʻrindiqlar, Pushkin qahramonlari aks etgan haykaltaroshlik namunalari – barchasi oʻsha davrlarni yodga soladi. Bogʻ hududida muzey va kutubxona ham ishlab turadi. Buyuk shoir nomidagi bogʻ maydoni 4,5 ga joyni egallagan va ushbu yangi maskan istalgan har qanday tadbirni oʻtkazishga imkon beradi, shuningdek u kechki sayrlar uchun ham ayni muddao. Toshkentdagi Pushkin haykali 1974-yilning iyun oyida, shoir tugʻilganining 175-yilligi munosabati bilan ochilgan. Granit asosga oʻrnatilgan bronza haykal muallifi rossiyalik haykaltarosh Mixail Anikushin hisoblanadi.

    Bozorlar

    Mirobod (Gospital) bozori

    Mirobod bozori Oʻzbekiston poytaxtining markaziy qismida joylashgan. Uni ulkan soyabon va mahalliy tildagi “Mirobod dehqon bozori” yozuvi aks etgan baland darvozasi orqali tanib olish oson. Savdo hududiga 4 ta darvozadan biri orqali kirishingiz mumkin. Bu yerdagi rastalar markazdan turli yoʻnalishlarga qarab tarqalgan quyosh nurlari koʻrinishida joylashtirilgan. Bozor maydoni katta oʻlchami bilan ajralib turmaydi, ammo bu yerda savdogarlar uchun ham, tashrif buyuruvchilar uchun ham joy yetarli. Toshkentdagi Mirobod bozorining marmar rastalarida har qanday isteʼmolchi uchun kerakli mahsulotlar – qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, koʻkatlar, meva va rezavorlar, ziravor, obi non, goʻsht mahsulotlari, yormalar va tayyor salatlar topiladi.

     

    Askiya bozori

    Doʻstlik bogʻi

    “Parisien” TM yaqinida oilaviy sayrlar uchun moʻljallangan maskanlar, attraksionlar, sunʼiy suv havzalari, maysalar va xotirjam dam olish uchun kerakli barcha narsalar bor.


    Doʻstlik bogʻi (sobiq Bobur bogʻi) Toshkentdagi Bobur koʻchasida joylashgan. U 1932-yilda general-gubernator Kaufmanning sobiq otxonalari oʻrniga joylashgan va oʻsha uzoq hamda romantik davrning koʻplab obyektlari kabi “hashar” usulida qurilgan. Oʻsha vaqtlardan beri koʻplab shovqin-suronli hodisalar boʻlib oʻtdi, ammo bu yerdagi kayfiyat avvalgidek qoldi, bu yosh romantiklar, oila aʼzolari va hududda attraksion hamda kafelar boʻlishiga qaramay, sokin oqshomlar bogʻi. Bogʻda sportning faol turlari uchun ajratilgan yirik hudud bor. Bu yerda katamaran va qayiqlarda uchish, tirda otish, muzqaymoq yeyish va charxpalakka chiqib, Toshkentning bir qismini tomosha qilish mumkin. U poytaxtdagi eng kattasi emas, ammo bu ham balandlikka koʻtarilishni istaganlar uchun kamlik qilmaydi. Bogʻda bolalar uchun koʻplab attraksionlar, rolik uchish maydonchalari, katta va stol tennisi oʻyinlari uchun sport maydonlari mavjud. Markaziy xiyobondagi favvoralar yoz kunlarida salqinlik berib turadi. Hududga “Tinchlik qoʻngʻirogʻi” oʻrnatilgan.

    Taʼlim muassasalari

    Shuningdek, hudud yaqinidan maktablar, estrada-sirk kolleji va bir nechta oliygohlar joy olgan. Majmua yonida bolalar bogʻchasi ham bor. Bu esa vaqtni tejaydi. Bolalarni kechki payt yana qayergadir borish zarurati paydo boʻlmasidan maktabgacha taʼlim muassasasidan olish juda qulay.



    Turar joy majmualari
    Aksiyalar
    Yangiliklar
    Aloqa

    Bizning manzil: Yashnobod tumani, st. Istiqbol 45-1. Infinity savdo ofisi

    Moʻljal: Sobiq vino zavodi. "Infinity" turar-joy majmuasi

    Ish vaqti Sotuv boʻlimi: Du-Ju: с 9:00 до 19:00 Sh-Ya: с 10:00 до 18:00

    Есть жалобы и предложения?

    «Golden House Development» MCHJ kompaniyalar guruhi, Golden House © 2022. Saytdagi maʼlumotlar tanishish maqsadida taqdim etilgan. Aniqroq maʼlumotni olish uchun kompaniya menejerlariga murojaat qiling.

      Мы вам позвоним

      Оставьте свой номер, и мы перезвоним вам.

      Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных

      Обращаем ваше внимание, что режим работы отдела продаж с 9:00 до 21:00



      Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

        Хотите мы вам перезвоним?

        Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных


        Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

          Хотите мы вам перезвоним?

          Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных