Artem Kreskas: “O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori – o‘sishning asosiy omillaridan biri”

Category: Yangiliklar

Artem Kreskas: “O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori – o‘sishning asosiy omillaridan biri”

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori investitsiyalar uchun eng jozibador yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Golden House kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi a’zosi Artem Kreskas “Kursiv Media” AA tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda kapital bozori: sarmoya kiritish uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyada aytib o‘tdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish hajmi shiddat bilan o‘sib bormoqda: 2010-yildagi 8 trillion so‘mdan 2023-yilda 153 trillion so‘mgacha. Shu bilan birga, o‘sish hali to‘xtamayapti: birgina 2025-yilning dastlabki besh oyida 91 trillion so‘mlik ko‘chmas mulk obyektlari qurildi. 2025-yilning o‘zida respublikamiz bo‘yicha umumiy maydoni 7 million kvadrat metr bo‘lgan 135 mingta xonadon qurilishi ko‘zda tutilgan, bu besh yil oldingi ko‘rsatkichdan deyarli uch barobar ko‘pdir.

Soha rivojining asosiy omillari — aholining barqaror talabi, samarali davlat islohotlari va bozor shaffofligining oshishi bo‘lib, aynan shu omillar ko‘chmas mulk sohasini eng barqaror va istiqbolli investitsiya yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda.

Demografiya, shuningdek, respublikadagi umumiy ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish developerlarga qo‘l kelmoqda. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni barqaror o‘sib bormoqda (yiliga 2 foizga) hamda bugungi kunda 37,5 milliondan ortiq kishini tashkil etmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatining barqaror o‘sishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda – Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, yetakchi soha aynan qurilish bo‘lib, unda o‘sish 10,7 foizni tashkil etdi.

Ushbu omillarning jamlanmasi nafaqat turar-joy, balki tijorat ko‘chmas mulkiga ham yuqori talabni ta’minlaydi – bugungi kunda Toshkent markazida A va B+ toifasidagi 450 ming kvadrat metrga yaqin ofis maydonlari mavjud bo‘lib, ularga bo‘lgan talab ortib bormoqda.

Mutaxassis, shuningdek, ijtimoiy so‘rovnomalardan birining natijalari bilan ham bo‘lishdi, unga ko‘ra, investitsiya maqsadidagi ko‘chmas mulkning asosiy xaridorlari talabni diqqat bilan kuzatib boradigan va keyinchalik ijaraga berish uchun qulay toifadagi uy-joylarni sotib oladigan tadbirkorlar bo‘lib qolmoqda.

Eskrou-hisoblar tizimini joriy etilishi ko‘chmas mulk xaridorlari huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi kerak. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 22 foizi hali ham noinsof quruvchilar bilan bog‘liq xavflardan cho‘chishadi. Yangi mexanizm ulushdorlarning mablag‘lari qurilish tugallangunga qadar banklardagi maxsus hisobvaraqlarda saqlanishini ta’minlaydi, bu esa investitsiyalarni yanada xavfsiz qiladi.

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoriga institutsional investorlar tomonidan ham qiziqish saqlanib qolmoqda – Toshkent investitsiya forumi davomida bir qator yirik kompaniyalar Golden House bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va hozirda tegishli hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ekspertning ta’kidlashicha, hamkorlar jiddiy tajribaga va muvaffaqiyatli loyihalar to‘plamiga ega bo‘lgan yirik bozor ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga ustunlik berishadi, bu esa yetarlicha murakkab kelishish tartib-qoidalaridan o‘tish zarurati bilan bog‘liq.

Kreskasning so‘zlariga ko‘ra, investorlar amaldagi qonunchilikning shaffofligi va ishonchliligini ta’kidlab, puxta ishlab chiqilgan konsepsiyaga ega loyihalarga o‘z mablag‘larini kiritishga tayyor ekanliklarini bildirishlariga qaramay, developerlik sektorini yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun qonunchilikni takomillashtirish va kelishish tartib-taomillarini soddalashtirishni davom ettirish zarur.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqning uyg‘un rivojlanishiga va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham milliy, ham xorijiy kapitalni jalb qilishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qolishiga imkon beradi.


Turar joy majmualari
Aksiyalar
Yangiliklar
Aloqa

Bizning manzil: Yashnobod tumani, st. Istiqbol 45-1. Infinity savdo ofisi

Moʻljal: Sobiq vino zavodi. "Infinity" turar-joy majmuasi

Ish vaqti Sotuv boʻlimi: Du-Ju: с 9:00 до 18:00 Sh-Ya: Dam olish

Есть жалобы и предложения?

«Golden House Development» MCHJ kompaniyalar guruhi, Golden House © 2022. Saytdagi maʼlumotlar tanishish maqsadida taqdim etilgan. Aniqroq maʼlumotni olish uchun kompaniya menejerlariga murojaat qiling.

    Мы вам позвоним

    Оставьте свой номер, и мы перезвоним вам.

    Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных

    Обращаем ваше внимание, что режим работы отдела продаж с 9:00 до 21:00



    Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

      Хотите мы вам перезвоним?

      Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных



      Оставьте заявку и мы расскажем о лучших предложениях

        Хотите мы вам перезвоним?

        Оставив заявку на сайте, вы соглашаетесь с условиями обработки персональных данных