Bizda Ipoteka
bor
Har bir xonadon maishiy texnikalar oʻrnatilgan oshxona garnituri bilan jihozlanadi. Sizga esa uy jihozlarini joylashtirib, mehmonlarni yangi uyga taklif qilish qoladi xolos!
Loyiha “ChapmanTaylor” ingliz arxitektorlari va loyihalovchilari hamda “UrbanPro” arxitektura dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Original fasadlar, obodonlashtirilgan hovli, yetarli miqdordagi avtoturargohlar, zamonaviy bolalar va oʻyin maydonlari, shuningdek samarali, obdon oʻylab rejalashtirilgan tayyor taʼmirga ega xonadonlar.
“GoldenHouse” kompaniyasidan “AssalomMaxtumquli” turarjoy majmuasi – komfort sinfiga mansub boʻlgan yorqin, zamonaviy loyiha boʻlib, poytaxtning zamonaviy odamlariga xos asosiy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilgan.
Kvartirani ta'mirlash
JOYLASHUV
“AssalomMaxtumquli” doʻstona turarjoy majmuasi Yashnobod tumanining Mahtumquli koʻchasidan joy olgan. Majmua markazga yaqin joylashgan, bu esa shaharning sizga kerak boʻlgan qismiga osonlikcha yetib olishga imkon beradi. Piyoda borish mumkin boʻlgan masofada Toshkentdagi birinchi uch qavatli transport chorrahasi va “Korzinka” supermarketi joylashgan. “Mahtumquli” koʻchasida yangi infratuzilma obyektlari paydo boʻlmoqda, tijoriy hududlar yaratilyapti.
Salomatlik
Davlatga qarashli va xususiy tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, salomatligingizni nazorat qilishingiz mumkin. TM yaqinida 13-sonli oilaviy poliklinika, Bolalar diagnostika markazi, Markaziy klinik shifoxona, eski ToshTI, “AyolCare-Markazi”, “ERA MED Clinic”, “MDS-Service”, “VitaAlliance”, “Osiyo” tibbiyot markazlari va boshqalar, sogʻlomlashtirish markazlari, sport va fitnes-klublar bor.
Taʼlim
Biz ota-onalar uchun bolaning taʼlim olishi masalasi muhim ekanligini bilamiz. Majmua yaqinida davlatga qarashli va xususiy bolalar bogʻchalari, “Wunderkind” xususiy bolalar bogʻchasi va maktabi bor. Bundan tashqari, davlat maktablari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi, Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji, shuningdek Toshkent mehmonxona xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji mavjud.
Savdo nuqtalari
TMdan xonadon sotib olgach, xaridlarni amalga oshirish Siz uchun oson va oddiy boʻladi. Uydan ikki qadam narida “Korzinka” va “Makro” supermarketlari joylashgan. Shuningdek, 10 daqiqalik masofada Parkent va Kadisheva bozorlari bor. Shoping uchun “Atrium” savdo majmuasiga yoʻl olish ham mumkin.
OVQAT VA O'YIN -KULGI
Oila bilan sayr qilish uchun Ashxobod bog'i juda mos keladi, siz kelajakdagi yorug' uyingizdan yurishingiz mumkin. Yo'lda bor-yo'g'i 10 daqiqa vaqt sarflaganingizdan so'ng, siz o'zingizni Eko-Park yoki Markaziy Parkda topasiz. Ovqatlanish va uydan tashqarida vaqt o'tkazish oson va sodda bo'ladi. Yaqin atrofda turli xil ko'ngilochar joylar, restoranlar, kafelar va qahvaxonalar mavjud.