
Bu lyuks kvartirali va infrastrukturasi rivojlangan zamonaviy turar joy dahasi. Bu loyiha ustida Benoy va Chapman & Taylor xalqaro me'morchilik va dizayn byurolari ish olib borgan. Biz inson hayotini yuqori darajada shinam va qulay qiladigan mahsulotni tavsiya etamiz. Biz insonlarga premium mavjudlik muhitiga sho‘ng‘ishni tavsiya qilamiz.

Me'morlarning o‘y-niyatlari ko‘ra, O‘zbekistonning tog‘ cho‘qqilaridan ilhomlangan bu majmua ravonlik, cheksizlik va soflik timsolidir. Binolar balandligi goh ko‘tarilib, gohida pasayib turuvchi tog‘lar balandligini eslatadi. Bu loyiha ishlanmasining asosiy maqsadi, inson uchun barcha ijtimoiy muhim bo‘lgan, ichki jihozlari bilan ta'minlangan yuqori sinfdagi turar joylarni yaratishdir.

Infinity turar joy majmuasi konsepsiyasida eng asosiy qadriyat bo‘lib, tabiat bilan uyg‘unlashgan hayot g‘oyasi hisobga olingan. Binoning fasad qismi turli shakldagi bargli chirmoviqlar bilan qoplangan, u ijobiy mikroiqlim sharoitini yaratadi va quyosh nurlaridan himoya qiladi, minoralarni tushish joylarida ko‘kalamzorlashtirib foydalaniladigan terrasalar tashkil etilgan.

Turar joy majmuasi hududi begonalar va mashinalardan holi. Butun perimetr bo‘ylab integrallashgan videokuzatuvli nazorat tiziminni tashkil etilishi hisobiga, turar joy majmuasida istiqomat qiluvchilar o‘zlarining to‘liq xavfsizligini xis etadilar. Avtomobil egalari o‘zlarining shaxsiy avtomashinalarini yer osti va yer ustidagi parking deb nomlanuvchi maxsus ajratilgan joyda qoldirishlari mumkin.
INFINITI da ta'mirlash











JOYLASHUV
Infinity Toshkentning qoq markazida, ikkita katta A.Qodiriy va Istiqbol ko‘chalari kesishgan, “Toshkent” metro stansiyasigacha 3 daqiqalik yo‘l bo‘lgan yerda joylashgan. Bu joy hayot faoliyati uchun yaxshi va rivojlangan hududdir. Qulay transport qatnovi va ko‘plab savdo majmualari, maktablar, universitetlar, umumiy ovqatlanish shahobchalari va boshqa ko‘plab shaharning barcha qulayliklariga ega bo‘lgan sharoitlari turli yoshga mansub insonlar yashashi uchun komfort va yoqimli hisoblanadi.

SALOMATLIK
“Infinity” TJMdan uzoq bo‘lmagan joyda ko‘plab xususiy va davlat tibbiyot klinikalari, sog‘lomlashtirish markazlari, sport va fitnes-klublari joylashgan. 1- sonli davlat poliklinikasi, 1- sonli Respublika klinik shifoxonasi, M.M.Fedorovich nomli klinik sihatgoxi, O‘zR IIV markaziy poliklinikasi, eski ToshTI, №6 sonli tug‘ruq kompleksi, Travmatologiya va ortopediya ITI shular jumlasidandir.

TA'LIM
Maktabgacha ta'lim muassasasiga piyoda qatnash imkoniyatiga ega: 247, 559, 222, 506, shuningdek “Bilimlar qasri”, “Bek-kichkintoy” nomli xususiy bog‘chalar. Davlat umumta'lim maktablari: 145-, 94-, 60-, 204-, 297-, 50-maktablari, shuningdek Mitra, Brain Train, Royal Education, Dream Center, Inter-Nation, Smart School, Synergy Kids, Learning Power o‘quv markazlari va b.

SAVDO NUQTALARI
Infinity Luxury Residence TJM ichki infrastrukturasi rivojlangan “shahar ichidagi shaharcha” bo‘lib, u ko‘p sondagi savdo nuqtalari va majmualarini qamrab oladi. Bundan tashqari, Infinity TJMdan bir necha daqiqalik masofada shaharning eng eski va mashhur Oloy bozori joylashgan.

OVQAT VA O'YIN -KULGI
Biz xonadonlar sotmaymiz, balki o‘zida xususiy hovlisi, rekreasion zonalari va barcha ijtimoiy infrastrukturasi bo‘lgan Yashash uchun katta cheklanmagan hududni taqdim etamiz. Poytaxt markazida joylashgan Infinity Luxury Residence TJM aholi uchun markazdagi restoran va kafelarga piyoda borish imkonini beradi.