



“Dinastiya” — bu tarixga boy joy, betakror meʼmoriy konsepsiya va qurilishdagi zamonaviy muhandislik-texnik yechimlarning noyob uygʻunligi. Bu zamonaviy megapolisda qulaylikning mutlaqo yangicha darajasidir. Ushbu loyiha esda qolarli meʼmoriy uslubi bilan ajralib turadi. Uni ishlab chiqishda shahar iqlimining oʻziga xosliklari va seysmik yuklanishi inobatga olingan.

Yangi majmua puxta oʻylangan shaharsozlik konsepsiyasi asosida barpo qilinmoqda. Birinchi oʻrinda, bu inson haqida gʻamxoʻrlik, yaʼni butun atrof-muhit inson ehtiyojlari uchun moʻljallangan. Turar joy majmuasi hududida nafaqat qulay va shinam hayot uchun, balki dam olish, shaxsiy rivojlanish, ishlash va oʻz imkoniyatlarini kashf qilish uchun barchasi koʻzda tutilgan

Majmuaning barcha tarafi piyodalar yoʻlakchalari va koʻkalamzorlashtirilgan jamoat joylari bilan oʻralgan boʻladi. Favvorali jozibador hudud salqinlik burchagi boʻlibgina qolmay, issiq kunlarda bolalar uchun oʻyin maydonchasi ham boʻla oladi. Shuningdek, majmua aholisi yoqimli muhitga ega ajoyib ichki hovlida hordiq chiqarishlari va iliq suhbatlar uyushtirishlari mumkin.

Avtoturargoh borligi uchun majmua aholisi mashinalarsiz hududdan bahra olishlari, bolalar esa toza va yam-yashil hovlida oʻynashlari mumkin. Shinam hovli bolalar va sport maydonchalari, oʻyin va dam olish joylari bilan toʻldiriladi. Majmuaga yaqin masofalarda koʻngilochar obyektlar va hordiq chiqarish maskanlari faoliyat yuritadi.
Kvartirani ta'mirlash







JOYLASHUV
Ushbu majmua bir qator afzalliklarga ega. Loyiha poytaxtning yirik magistrallari — Mirzo Ulugʻbek va Parkent koʻchalari kesishmasida qad koʻtarmoqda. Bu rivojlangan infratuzilmaga ega joylashuvdir — barcha muhim maskanlar piyoda yurish masofasida joylashgan. Majmua ajoyib meʼmoriy anʼanalarda shinam va yuqori darajadagi yashash sharoitlarini yaratgan holda shaharning eng rivojlangan nuqtalaridan biriga aylanadi.

SALOMATLIK
“Dinastiya” majmuasi yaqinida oʻnlab xususiy va davlat tibbiyot klinikalari, sogʻlomlashtirish markazlari, sport va fitnes klublari joylashgan. Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, MDSService, Qon quyish markazi, oilaviy poliklinikalar, New Wave sport markazi, Tower Gym va Status Fitness mashgʻulot zallari.

TA'LIM
Piyoda yurish masofasida davlat va xususiy umumiy oʻrta taʼlim maktablari, bolalar bogʻchalari faoliyat yuritadi.

SAVDO NUQTALARI
Majmuaning yonginasida tijoriy maydonlar koʻzda tutilgan riteyl zonasi joy oladi. U yerdan siz barcha kerakli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.

OVQAT VA O'YIN -KULGI
Butun oilangiz bilan dam olish yoki toza havoda sport bilan shugʻullanish uchun ajoyib joy izlayotgan boʻlsangiz, majmuadan uzoq boʻlmagan masofada shaharning eng yaxshi bogʻ va xiyobonlari joylashgan.