Bizda Ipoteka
bor
“Parisien” turarjoy majmuasi bu – 6.5 gektarli yer hududi va 576 ta xonadon. U fransuz klassitsizmi uslubida barpo etilgan bunday koʻlamli birinchi loyiha boʻlib, oʻzida nafis meʼmorchilik uslubi, qunt bilan ishlangan landshaft dizayni va qulay joylashuvni birlashtirgan.
Majmuaning ichki hovlisida fransuzcha bashanglik va qulaylik muhitiga urgʻu berish uchun hamma narsa mavjud. “Parisien” TMdagi landshaft dizayni eng mayda detallarigacha ishlab chiqilgan. Koʻkalamzorlashtirilgan noyob hudud MMG boshqaruv kompaniyasining bogʻbonlari tomonidan doimiy nazorat ostida boʻladi. Shuningdek, kompaniya ichki hovlilardagi tartibni taʼminlaydi. Aynan shu boisdan majmuada yashovchilar uy oldidagi hudud tozaligi va obodonchilik haqida qaygʻurmasalar ham boʻlaveradi.
Estetikaga boʻlgan eʼtibor tashqi fasadga diqqat qaratishga olib keldi. “Parisien” TMdagi asosiy dekorativ element 2 qator qilib terilgan oliy darajali qoplama gʻisht hisoblanadi. Binoning old qismi fransuz klassitsizmining eng yaxshi anʼanalariga binoan qad koʻtargan, qurilish va pardozlash ishlarida foydalanilgan materiallar uzoq yillar davomida xizmat qilishga moʻljallangan. Derazalarga vitraj oynalarining oʻrnatilgani binoga yengillik va yorugʻlikka choʻmgan koʻrinish bergan. Fransuz uslubiga ramziy murojaatlar sharqning qoq yuragida boʻla turib, oʻzingizni Fransiyadagidek his qilishga imkon yaratadi.
“Parisien”ni yaratishda biz bu yerda yashovchi odamlarni eng qulay sharoitlar bilan taʼminlash uchun harakat qildik. Majmua hovlisida shiyponlar, sunʼiy suv havzalari, sayr uchun chiroyli koʻrinishda bezatilgan joylar mavjud. Ota-onalar farzandlarining xavfsizligiga ishonch hosil qilishadi, boisi turarjoy majmuasi hududi kechayu kunduz qoʻriqlanadi. Koʻkalamzorlashtirilgan noyob hudud va favvoralar aholiga salqinlik baxsh etadi va zamonaviy Parij muhitini yaratadi.
Kvartirani ta'mirlash
JOYLASHUV
Joylashuv. “Parisien” fransuz kvartali Yakkasaroy tumani, Muqimiy koʻchasida joylashgan. Majmuaning qulay joylashuvi sizga shinam shahar hayotining barcha afzalliklaridan bahramand boʻlish imkoniyatini beradi. Majmua yaqinidagi yirik magistral esa poytaxtning istalgan nuqtasigacha tezda yetib olishga imkon yaratadi.
SALOMATLIK
Salomatlik. “Parisien” TMdan uzoq boʻlmagan hududda koʻplab xususiy va davlatga tegishli tibbiy klinikalar, sogʻlomlashtirish markazlari, sport va fitnes-klublar joylashgan. Yakkasaroy tumanining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi, “Сhildent” stomatologiya klinikasi, “MedLine” klinikasi, Vobkent markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi, Emlash markazi va boshqalar. Turarjoy binosining tagida esa “Savii” dorixonasi joylashgan.
TA'LIM
Taʼlim. Bolalarning taʼlim olishi masalasi ota-onalar uchun muhim ekanligini bilamiz. Majmua yaqinida davlatga tegishli va xususiy bogʻchalar: №150, 155, “Baby boom”, “Tabassum”, “Erkatoy-Kichkintoy” va boshqalar bor. Bundan tashqari, hudud atrofida №173, 144, 89 va 26-sonli davlat maktablari joylashgan. Bolaning taʼlim olishida oʻquv markazlari ham muhim ahamiyatga ega: “Inspiring Education”, “Korway”, “Registon”, “Ccn Uzbekistan” va “Lions”.
SAVDO NUQTALARI
Savdo nuqtalari. Taʼkidlash kerakki, “Parisien” TMda istalgan did va hamyon sohibiga mos keluvchi koʻplab doʻkonlar va butiklar, “Makro” supermarketi, “Frunze” va “Next” savdo markazlari – bir soʻz bilan aytganda, odamning ishdan boʻsh vaqtini qulay sharoitda oʻtkazish va zaruriy xaridlarni amalga oshirishga yordam beradigan hamma narsa bor.
OVQAT VA O'YIN -KULGI
Oziq-ovqat va oʻyin-kulgi. “Parisien”da oqshom vaqti va yorqin dam olish kunlarini oʻtkazish uchun hammaga joy topiladi. TMdan avtomobil bilan yoʻlga chiqqanda 3 daqiqalik yoʻl uzoqligida shaharliklar orasida mashhur boʻlgan va poytaxt timsollaridan biriga aylangan “Doʻstlik” bogʻi joylashgan. Bobur koʻchasi boʻylab sayr xiyonbonlari – toza havoda sport bilan shugʻullanish va daraxtlar soyasi ostida xotirjam sayr qilish uchun hamma narsa bor. Uydan tashqarida tushlik qilish hamda vaqt oʻtkazish oson va oddiy boʻladi. TM yaqinida har-xil koʻngilochar maskanlar, turli oshxona taomlari taqdim etiladigan restoranlar, kafe hamda qahvaxonalar joylashgan.