Orient Group va Golden House “Anhor” va “Navro‘z” bog‘lari borasidagi vaziyatga izoh berdi
So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Anhor” va “Navro‘z” istirohat bog‘lari hududida ko‘p qavatli uylar qurilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ular bilan birga, ushbu bog‘lar hududida joylashgan loyihaning vizualizatsiyasi ham tarqaldi. Orient Group Management kompaniyasi Golden House developeri ham, Orient guruhning boshqa kompaniyalari ham ushbu loyihani amalga oshirishni yoki xabarda ta’kidlangan maydonchada qurilishni rejalashtirmaganligini ma’lum qiladi.
Internetda tarqatilgan vizualizatsiya 2024-yilda kompaniyadan ketgan Golden House’ning sobiq xodimining ichki taqdimotidan olingan. Bundan tashqari, turli loyihalar muntazam ravishda kompaniyalar va tashqi hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ishchi guruhlarga taqdim etiladi, yakunda ularning hammasi ham ma’qullanmaydi.
Orient Group Management kompaniyasi “Anhor” bog‘i hududida joylashgan “Anhor” savdo markaziga bo‘lgan mulk huquqini boshqa xususiy kompaniyaga o‘tkazish niyatida va faqat ushbu maydonchada, savdo markazi hududi bilan chegaralangan holda, uchinchi tomon kompaniyasi tomonidan yangi bino quriladi.
“Golden House haqida bunday fikrlarni bildirayotgan nashrlar bizni juda hayratda qoldirdi. Kompaniyaning ichki taqdimotidagi ma’lumotni internetga kim va nima maqsadda joylashtirgani hamda toshkentliklarning noroziligiga sabab bo‘lganini bilmaymiz. Afsuski, bu masalani yoritib kelayotgan OAV vakillari va blogerlarning hech biri biz bilan bog‘lanib, rasmiy tushuntirish so‘ragani yo‘q. Golden House poytaxtning boshqa hududlarida ham qator loyihalarni amalga oshirmoqda va “Anhor” va “Navro‘z” bog‘larida ish olib borishni rejalashtirmayapti”. Meni yaxshi tushunishlari uchun yana bir bor takrorlab o‘taman: bu obyektlar, ayniqsa bog‘larning yashil hududlari bo‘yicha mutlaqo rejalarimiz yo‘q”, – deya izohlaydi Golden House bosh direktori Vladimir Kalina.
Orient Group Management va Golden House jurnalistlar va blogerlarni, zarurat tug‘ilganida, tezkor ma’lumotlarni birinchi manbadan olish uchun kompaniyalarning matbuot xizmatlariga rasmiy so‘rovnomalar yuborishni taklif qiladi.