



Bizda Ipoteka
bor

"Sag‘bon" – Golden House kompaniyasining komfort klassga mansub turar joy majmuasi bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida ekologik toza va energiyani tejovchi pishiq g‘ishtlardan qurilgan to‘qqiz qavatli baland imoratlardan iborat. Majmua loyihasi shunday amalga oshirilganki, uylarning joylashuvi to‘g‘riburchak shaklga ega bo‘lib, uning ichida bolalar maydonchalariga ega yashil maydon namoyon bo‘ladi.

Majmuaning fasad qismi huddi nafis choyshabnikidek qaymoq rangida aks etgan, bu esa o‘z navbatida Sharqona muhitni zamonaviylik chizgilari bilan to‘ldirgan holda yanada boyitadi. Ajablanarlisi shundaki, bu yerda hukm suruvchi osoyishtalik va xotirjamlik muhiti sershovqin shahar hayotining barcha atributlari bilan uyg‘unlashgandir. Shu bilan birga, fasad qismining o‘ziga xos ajralib turuvchi relyefi va betakror bezaklar geometriyasi Sag‘bonni Golden House ning eng muhtasham loyihalaridan biriga aylantira oldi. Ichki xonalarni bezatish uchun tabiiy ranglar va materiallar tanlangani bois kirish qismidanoq sizni shinam uydagi osoyishtalik muhitiga chorlaydi.

Muhtasham majmua baxtli va farovon yorqin va unutilmas voqealarga boy hayot uchun barcha narsa muhayyo bo‘lgan hududda joylashgan. Obodonlashtirilgan ichki hovli, zamonaviy bolalar o‘yingohlari, bolalar bog‘chasi, manzarali landshaft dizayn – bular majmuaning bir qator afzalliklaridir. Hududning rivojlangan infratuzilmasi, savdo va maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ko‘plab ijtimoiy obyektlar bir qadamlik masofada joylashgani Sag‘bon turar joy majmuasining afzalliklari ro‘yxatini yanada to‘ldiradi.

Majmua hududi yopiq tarzda begonalardan mustahkam qo‘riqlanadi. Binoning birinchi qavatida militsiya punkti joylashgan bo'ladi. Xavfsizlik uchun majmua perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari, shuningdek, muhofazalanuvchi hududning yuqori darajada malakali va professional xodimlari mas’ul bo‘ladi.
Kvartirani ta'mirlash










Joylashuv
"Sag‘bon" turar joy majmuasi Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasining 10 -o‘tish joyidagi Guruch Ariq mahallasida, Kichik xalqa yo‘li va Qorasaroy ko‘chasi chorrahasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan – bu barchaga Eski shahar nomi bilan mashhur Toshkentning tarixiy markazidir.

SALOMATLIK
Tibbiy muassasalar salomatligingizni tiklashga va turli xastaliklarning oldini olishga yordam beradi. Shu yaqin orada Medical care service, Parents Holiday, Zilola, Doctor lor, Galenika, Estetika P. H. Clinic xususiy tibbiy muassalari; shuningdek, 17-sonli poliklinika, 2-sonli tug‘ruq majmuasi, tez tibbiy yordam punkti, Toshkent shahar sil va pulmonologiya klinik shifoxonasi va boshqalar mavjud.

TA’LIM
Yosh bolali oilalar uchun eng zarur jihat – bu bir qadam yaqinlikda maktab va bolalar bog‘chalari bo‘lishidir. Buning albatta imkoni bor, chunki 28, 159, 185, 133-sonli va boshqa o‘rta ta’lim maktablari yurish masofasida joylashgan. Eng yaqin bolalar bog‘chasi esa majmuadan piyoda 10-15 daqiqalik yo‘l. Bularni inobatga olgan holda majmua hududida xususiy bolalar bog‘chasini qurishga qaror qildik.

Savdo nuqtalari
“Sag‘bon” aholisi uchun xaridlarni amalga oshirish juda oson va qulay bo‘ladi. Makro supermarketlari 5 daqiqa, Qoraqamish va Chorsu bozorlari esa 5 va 7 daqiqalik masofada joylashgan. Bundan tashqari, bir qadamli masofasida turli oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, texnik buyumlar va to‘'y liboslarigacha mavjud bo‘lgan ko‘plab do‘konlar bor.

OVQAT VA O'YIN -KULGI
Oilaviy sayr qilish uchun Nurafshon bog‘i va Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i juda qulaydir. Bir kilometr masofada esa ko‘plab kafe va restoranlar mavjud. "Sag‘bon" aholisining har biri mazali ovqatlardan va shu atrofdagi ko‘plab milliy oshxonalarning ajoyib taomlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.