


Bizda Ipoteka
bor

“Assalom Doʻrmon Yoʻli” – umumiy maydoni 14 400 kvadrat metrni tashkil qiluvchi va baxtli hayot kechirish uchun barcha zaruriy sharoitlarga ega funksional majmuadir. Loyiha “Urban pro” arxitektura dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Turarjoy majmuasi 6 ta 9 qavatli binodan tashkil topgan va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik va Doʻrmon yoʻli koʻchalari chorrahasida joylashgan.

“Assalom Doʻrmon Yoʻli” TMdagi uyingiz uchun oʻzida monolit va panelli qurilish afzalliklarini uygʻunlashtirgan maxsus mualliflik texnologiyasi ishlab chiqilgan. Uyning devorlari uchta qatlamdan tashkil topgan. Koʻtarib turuvchi va qoplama panellari orasiga qoʻshimcha isitgich qatlam joylashtirilgan boʻlib, u qishda issiqlikni, yozda esa salqinlikni saqlaydi. Shuningdek, ushbu qatlam qoʻshimcha ravishda shovqin izolyatsiyasini va 9 balldan ortiq seysmik chidamlilikni taʼminlaydi.

Tumanda infratuzilma allaqachon shakllangan: bu yerda savdo markazlari, oziq-ovqat doʻkonlari, kafe va restoranlar, tibbiy klinika va dorixonalar, maktablar, bolalar bogʻchasi va ijtimoiy-maishiy obyektlar bor. “Assalom Doʻrmon Yoʻli” turarjoy majmuasi baxtli oilaviy hayot uchun moʻljallangan. 6 ta turarjoy korpusida sport va bolalar maydonlari, sayr qilish hududlari, xavfsiz avtomobil turargohlari, shiyponlar, xususiy bolalar bogʻchasi va zamonaviy maktab mavjud.

Turarjoy binolari sutkalik videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan va qoʻriqlash xizmati ishlab turadi. Turarjoy majmuasining butun perimetri boʻylab kameralar oʻrnatib chiqilgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari videokuzatuv monitorlaridan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega va zarurat boʻlgan holatda tartib buzilishiga nisbatan tezkor chora koʻrishlari mumkin.
Kvartirani ta'mirlash











Joylashuv
“Assalom Do‘rmon Yo‘li” turarjoy majmuasi Toshkent shahrining nufuzli Mirzo Ulug‘bek tumanida, Temur Malik va Do‘rmon yo‘li chorrahasida, “Minglol” mahallasida joylashgan. “Assalom Do‘rmon Yo‘li” TM yaqinida 10-sonli avtobus parki mavjud, undan shaharning istalgan nuqtasiga yetib olsa bo‘ladi.

Salomatlik
Davlat va xususiy muassasalardagi hamyonbop va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanib, salomatligingizni nazorat qilib borishingiz mumkin. TM atrofida 8-sonli oilaviy poliklinika, Lor-klinika, “Nuroniy” va “Frank Medic” xususiy klinikalari, “Premium Dental” stomatologiyasi joylashgan. Sport ishqibozlari uchun “La fitness”, “Platinum fitness”, “Shodlik” sport va fitnes klublari, shuningdek 1-sonli Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari bor.

Taʼlim
Turarjoy xarid qilishda yaqin atrofda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, xususan taʼlim olish muassasalarining mavjud ekanligiga alohida eʼtibor qaratish kerak. “Assalom Doʻrmon Yoʻli” hududida xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy maktab, shuningdek farzandingizning qulayligi va rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar bilan taʼminlangan bolalar bogʻchasi ham boʻladi.

Savdo nuqtalari
TMdan xonadon sotib olgandan keyin xaridlarni amalga oshirish siz uchun oson va oddiy ishga aylanadi. Uydan mashinada 2 daqiqa, piyoda 12 daqiqalik masofada “Makro” supermarketi, xuddi shuncha masofada zaruriy buyumlarning barchasini sotib olishingiz mumkin boʻlgan Avayxon bozori joylashgan. TMning pastki qavatlariga tijoriy obyektlar joylashadi.

OVQAT VA O'YIN -KULGI
IIB akademiyasi boʻylab joylashgan xiyobon va yoʻlaklar oilaviy sayrlar uchun ayni muddao, shu yaqin atrofda “Gulshan” madaniyat va istirohat bogʻi ham mavjud. “Assalom Doʻrmon Yoʻli” TMda istiqomat qiluvchi har bir odam oʻzini qulay his qiladi, boisi doʻstlar bilan uchrashib, choyxonada suhbat qurish yoki oilaviy tadbirlarni uydan uzoq boʻlmagan joyda oʻtkazish mumkin boʻladi.